Beg‘ubor bolalik bayrami

Olam va odamning davomiyligi beg‘ubor bolalarning borligi bilan. Butun dunyoda bu haqiqat e’tirof etilgan. Bolalarni himoya qilish mazmuni tinchlik va osoyishtalikka ishoradir. Butun dunyoga tinchlik istagi o‘z-o‘zidan bolalarni himoya qilish ham demakdir.

1 - iyun kuni «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» - munosabati bilan 2-TTJda yashovchi talabalar bilan QSXEA fakultetining «ET va QTEM» kafedrasi o‘qituvchilari ma’naviy - ma’rifiy suhbat o‘tkazishdi.

Ushbu tadbirda o‘qituvchilar A.T. Sanbetova, N.T. Toshpo‘latov va boshqalar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Tadbir erkin va ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarini bildirib o‘tishdi.

Shuningdek, bunday ma’naviy ma’rifiy suhbatlar hamda tadbirlar  ko‘proq bo‘lishini so‘rab qolishdi.

 «ET va QTEM» kafedrasi assisstenti A.T. Sanbetova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov